Buyuk Britaniya elchisi O‘zbekiston U-17 terma jamoasini Angliya ustidan qozonilgan g‘alaba bilan tabrikladi

Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Timoti Smart o‘zining Twitter\'dagi sahifasida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasini Angliya ustidan qozonilgan g‘alaba bilan tabrikladi.
\"Ajoyib yangilik! O‘zbekiston U-17 terma jamoasini Angliyaga qarshi o‘yinda g‘alaba qozonib, chorak finalga chiqqani bilan tabriklaymiz. Shu ruhda davom eting\", – dedi Smart.

Eslatib o‘tamiz, mundial chorak finali doirasidagi Fransiya – O‘zbekiston o‘yini 25 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 13:30 da start oladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













