Keyingi yil qaysi klublarimiz xalqaro musobaqalarda ishtirok etadi?

Keyingi yil qaysi klublarimiz xalqaro musobaqalarda ishtirok etadi?

O‘zbekiston jamoalari kelasi mavsum OFK tasarrufidagi ikkita musobaqada ishtirok etadi.

2024/25 yilgi mavsumda Toshkentning \"Paxtakor\" klubi O‘zbekiston chempioni sifatida yangi tashkil etiladigan OFK Chempionlar Elita ligasida ishtirok etadi. Mazkur turnirda mamlakatimiz uchun bitta kvota ajratilgan.

Shuningdek, yangi mavsumda Qashqadaryoning \"Nasaf\" klubi O‘zbekiston kubogi sohibi sifatida OFKning ikkinchi darajali turniri bo‘ladigan Osiyo Chempionlari ligasida qatnashadi. Ushbu musobaqada ham O‘zbekiston uchun bitta o‘rin mavjud.

Shu bilan birga, joriy mavsum Osiyo Chempionlar ligasida ishtirok etadigan Namanganning \"Navbahor\" va Toshkent viloyatining OKMK klublari mazkur turnirda g‘olib bo‘lgan taqdirdagina kelgusi yil xalqaro musobaqalarda qatnashish huquqiga ega bo‘ladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.