APL. "Aston Villa" o‘z maydonida "Siti"ni taslim etib, jadvalda 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi

APL. "Aston Villa" o‘z maydonida "Siti"ni taslim etib, jadvalda 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi

APL 15-turidan o‘rin olgan \"Aston Villa\" - \"Manchester Siti\" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda \"shaharliklar\" raqibga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Leon Beyli tomonidan 74-daqiqada kiritilgan gol birmingemliklarga 3 ochko taqdim etdi.

Ochkolari sonini 32 taga yetkazib olgan Emeri shogirdlari APL turnir jadvalida \"Siti\"ni ortda qoldirib, 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 30 ochkosi bor \"shaharliklar\" 4-pog‘onani band etgan.

7 dekabr, 01.15, «Villa Park»

\"Aston Villa\" – \"Manchester Siti\" 1:0

Gol: Beyli 74\'

Aston Villa – Martines, Konsa, Diyego Karlos, Pau Torres, Din (Moreno, 90), Beyli (Diabi, 85), Makginn, Tilemans (Remzi, 85), Kamara, Duglas Luis, Uotkins (Duran, 90).

Manchester Siti – Ederson, Uoker, Ruben Diash, Gvardiol, Stounz, Akandji, Lyuis (Mateush Nunesh, 68), Bernardu Silva, Foden (Bobb, 73), Xoland, Alvares (Kovachich, 68).

Ogohlantirishlar: Stounz (45), Lyuis (53), Uotkins (60), Kamara (87).

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.