Bugun Saudiyada katta boks oqshomi bo‘lib o‘tadi: Joshua Vallinga, Uaylder esa Parkerga qarshi

Bugun Saudiyada katta boks oqshomi bo‘lib o‘tadi: Joshua Vallinga, Uaylder esa Parkerga qarshi

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida 23 dekabr, shanba kuni katta boks oqshomi bo‘lib o‘tadi.

Boks kechasining asosiy jangi Entoni Joshua (26-3) va Otto Vallin (26-1) o‘rtasida kechadi.

Asosiy kard janglari quyidagicha ko‘rinish olgan:

  • Deontey Uaylder (43-2-1) – Jozef Parker (33-3);
  • Dmitriy Bivol (21-0) – Lindon Artur (23-1) yarim yengil vazn toifasida WBA tituli uchun;
  • Jey Opetayya (23-0) – Ellis Zorro (17-0);
  • Daniel Dyubua (19-2) – Jarrell Miller (26-0-1).

Janglar Toshkent vaqti bilan 21:00 da start oladi.

Ma’lumot uchun bugungi oqshomda o‘z janglarini o‘tkazadigan Joshua va Uaylder 9 mart kuni ringga ko‘tarilish borasida kelishib olgan. Ushbu kelishuv o‘z kuchida qolishi uchun ikkala bokschi ham bugungi janglarini yutishi kerak bo‘ladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.