O‘zbekiston sport delegatsiyasi OFK va FIFA rahbariyati bilan uchrashdi

O‘zbekiston sport delegatsiyasi OFK va FIFA rahbariyati bilan uchrashdi

O‘zbekiston sport delegatsiyasi Saudiya Arabistonida futbol olamining yirik vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Dastlab Osiyo futbol konfederatsiyasi prezidenti shayx Salmon al-Xalifa uchrashuv davomida Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov hamda O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov bilan O‘zbekistonga tashrifidan olgan taassurotlari haqida so‘zlab, kelgusida qator nufuzli tadbirlarni mamlakatimizda o‘tkazish istagi borligini ma’lum qildi.

O‘zbekiston sport delegatsiyasi OFK va FIFA rahbariyati bilan uchrashdi

Futbolimizda U17, U20, U23 toifalarida tarbiyalanayotgan iste’dodlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar borasida o‘zaro fikr almashdilar. FIFA prezidenti Janni Infantino bilan ham uchrashuv tashkil etildi. Unda Infantino O‘zbekistonga tashrif unda o‘zgacha taassurot qoldirganini alohida qayd etdi.

O‘zbekiston sport delegatsiyasi OFK va FIFA rahbariyati bilan uchrashdi

Tomonlar futzal bo‘yicha Jahon chempionatiga ko‘rilayotgan tayyorgarlik hamda milliy futbol markazining barpo etilishi jarayoni mavzularida fikr almashishdi. O‘z navbatida, FIFA rahbari markaz qurilishida xalqaro tajribaning qo‘llanilishi borasida o‘z yordamini ayamasligini bildirdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.