"Olimpik" Qozog‘iston klubini ikkinchi o‘yinda ham mag‘lub etdi

"Olimpik" Qozog‘iston klubini ikkinchi o‘yinda ham mag‘lub etdi

Xabaringiz bor, \"Olimpik\" jamoasi Timur Kapadze boshchiligida Turkiyada yig‘in o‘tkazmoqda. Kecha jamoa Qozog‘iston Premer-ligasi vakili \"Qaysar\" bilan nazorat bellashuvini o‘tkazdi. Unda Alisher Odilov va Ruslan Jiyanovlarning gollari \"Olimpik\"ga g‘alabani taqdim etdi.

Nazorat uchrashuvi, 26.12.2023
\"Olimpik\" - \"Qaysar\" 2:0
Gollar: A.Odilov, R.Jiyanov

\"Olimpik\": Hamidullo Abdunabiyev, Akbar Abdurasulov, Aleksandr Zevadinov, Ahmadullo Muqumjonov, Amir To‘raqulov, Ibrohim Ibragimov, Jasur Jaloliddinov, Farruh Muxtorov, Otabek Jo‘raqo‘ziyev, Alisher Odilov, Samandar Mavlonqulov (Ruslan Jiyanov, 30).

Zahiradan tushganlar: Saidazamat Mirsaidov, Jahongir Fozilov.

Eslatib o‘tamiz, \"Olimpik\" 23 dekabr kuni ham aynan \"Kaysar\"ni 2:0 hisobida mag‘lub etgan edi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.