"Bunyodkor" klubini xorvatiyalik mutaxassislar boshqaradi

"Bunyodkor" klubini xorvatiyalik mutaxassislar boshqaradi
"Bunyodkor" klubini xorvatiyalik mutaxassislar boshqaradi
\"Bunyodkor\" klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi. Bu xususida klub matbuot xizmati xabar tarqatdi. Jamoani yangi mavsumga xorvatiyalik mutaxassislar tayyorlaydi.
 
UYEFA va OFKning Pro lizensiyasiga ega Ivan Bubalo 2024 yilgi mavsumni “Bunyodkor” bosh murabbiyi sifatida boshlaydi. Mutaxassisga tegishli litsenziyalarga ega 4 nafar murabbiy yordam beradi.
"Bunyodkor" klubini xorvatiyalik mutaxassislar boshqaradi
Ma’lumot uchun:
IVAN BUBALO
Tug‘ilgan sanasi: 17.05.1978 yil
Fuqaroligi: Xorvatiya
UYEFA va OFK Pro litsenziyasiga ega
 
Murabbiylar shtabi:
1. Dalibor Shilich - katta murabbiy (UYEFA Pro litsenziyasi ega);
2. Filip Zovko – murabbiy (UYEFA “A” litsenziyasi ega);
3. Tomislav Kovach – jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy (UYEFA “A” litsenziyasi ega);
4. Srdan Soldatovich – darvozabonlar murabbiyi (UYEFA darvozabonlar murabbiyi bo‘yicha “A” litsenziyasi ega).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.