Ispaniya superkubok finalida "Barselona" va "Real" to‘qnash keladi

Ispaniya superkubok finalida "Barselona" va "Real" to‘qnash keladi

Saudiya Arabistonida Ispaniya superkubogi bo‘lib o‘tmoqda. Yarim finaldan o‘rin olgan barcha uchrashuvlar o‘z nihoyasiga yetdi. Unda \"Real\" \"Atletiko\"ni 5:3, \"Barselona\" esa \"Osasuna\"ni 2:0 hisobida mag‘lub qildi.

Shu tariqa, Ispaniya superkubok finalida \"El-Klassiko\" guvohiga aylanamiz. O‘yin esa 14 yanvardan 15 yanvarga o‘tar kechasida bo‘lib o‘tadi. Ushbu mavsum \"Barselona\" va \"Real\" La Liga doirasida to‘qnash kelgandi. Kataloniyada bo‘lib o‘tgan o‘yinda madridliklar 1:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Shuni ham ta’kidlash kerak, o‘tgan yilgi Ispani superkubok finalida ham bu ikki klub bir-biriga qarshi maydonga tushib, Xavi shogirdlari kubokni ilib ketgandi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.