Farruh Sayfiyev: "Shomurodovning o‘rni bilindi"

Farruh Sayfiyev: "Shomurodovning o‘rni bilindi"

O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Farruh Sayfiyev Osiyo kubogi-2023 \"B\" guruh 1-tur doirasidagi O‘zbekiston — Suriya (0:0) o‘yinidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Bugungi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz. Suriyaga qarshi 2 ochko yo‘qotdikmi yoki 1 ochko qo‘lga kiritdik?

- Bugun 2 ochko yo‘qotdik. Hozirgi kunda hamma futbol o‘ynashni biladi va hech kimni osonlikcha mag‘lub eta olmaysiz?

- O‘yindan keyin kiyinish xonasida atmosfera qanday edi?

- Atmosfera normal edi har doimgidek. Hali hech narsa yo‘qotganimiz yo‘q. Suriyaga qarshi uchrashuv tarixda qoldi. Ertaga Hindistonga qarshi uchrashuvga tayyorgarlikni boshlaymiz.

- Terma jamoamizning o‘yinida qanday kamchiliklarni payqadingiz.

- Bugun Shomurodovning o‘rni bilindi. Biroq bu futbol va siz ertaga nima bo‘lishini bilmaysiz. Kamchiliklar har doim bo‘ladi. Qanday kamchiliklar bo‘lsa bosh murabbiyimiz bizga aytadi.

- Keyingi uchrashuvlardagi raqib Hindiston va Avstraliya haqida nimalar deya olasiz?

- Endi bor e’tiborimizni Hindistonga qarshi kechadigan uchrashuvga qaratamiz va maydonga faqat g‘alaba uchun chiqamiz.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.