Grem Arnold: "Raqib kim bo‘lishidan qat’iy nazar faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz"

Osiyo kubogi \"B\" guruhining ikkinchi turidan o‘rin olgan Avstraliya - Suriya uchrashuvidan oldin Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiy va futbolchi Aziz Bexich matbuot anjumanida qatnashishdi.
- Janob bosh murabbiy Suriyaga qarshi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz?
- Uchrashuvga tayyormiz. Hindistonga qarshi yaxshi o‘ynadik va ertaga yana bir sinov oldida turibmiz.
Aziz Bexich
- Ertangi uchrashuv haqida nimalar deya olasan?
- Suriya terma jamoasida yaxshi tarkib yig‘ilgan. Biz ertangi bahsga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik.
- Dastlabki uchrashuvda bir nechta muammolarga duch keldik dedingiz. Aynan qaysi pozitsiyalarni kuchaytirishni istaysiz?
- Hindistonga qarshi uchrashuvda zarbadan oldingi pas berishda muammo bo‘ldi. Men jamoamiz bilan ushbu jihatni to‘g‘rilashga erishdik.
- Suriyaga qarshi qanday natija kutmoqdasiz va qanday natijadan qoniqasiz?
- Faqat g‘alaba. Biz bu yerga nima uchun kelganligimizni bilamiz va kim raqib bo‘lishidan qat’iy nazar g‘alaba uchun maydonga tushamiz.
- O‘tgan matbuot anjumanlarida biz bu yerga kubok uchun keldik dedingiz. Birinchi uchrashuvdan keyin jamoangizning imkoniyatlarini qanday baholaysiz?
- Oldindan biror nima deyish qiyin. O‘yindan o‘yinga rejamiz o‘zgaradi. Hozir faqat Suriyaga qarshi uchrashuv haqida o‘ylamoqdamiz.
- Jamoangizda jarohatlar bormi?
- Yo‘q. Barcha futbolchilar maydonga tushishga tayyor.
- Avstraliya Osiyo mintaqasiga ko‘chib o‘tganiga ko‘p bo‘lmadi. Sizning mamlakatingizda ushbu qarorni qanday qabul qilishgan. Muxlislar ushbu qarorni qo‘llab quvvatlashadimi?
- Menimcha ha. Sababi Osiyo mintaqasi orqali futbolimizni rivojlantirishimiz mumkin. Osiyoda kuchli terma jamoalar juda ko‘p. Okeaniyada esa terma jamoalarning soni kam. Osiyo futbol konfederatsiyasiga ko‘chib o‘tganimizdan faqat Yangi Zelandiya ranjigan(kuladi).













