Osiyo kubogi. Tarixiy natijani takrorlab, yarim finalgacha bora olamizmi?

Osiyo kubogi. Tarixiy natijani takrorlab, yarim finalgacha bora olamizmi?

Osiyo kubogi 3-turi doirasida Avstraliya va O‘ZBЕKISTON terma jamoalari o‘zaro kuch sinashdi va unda tomonlar 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

Dastlab, \"yashil qit’a vakillari\" Boylning penaltidan urgan goli evaziga hisobda oldinga chiqib oldi. Ammo 79-daqiqada Aziz Turg‘unboyev baland sakrab, boshi bilan gol urdi va muvozanatni tiklab qo‘ydi.

Bellashuvdan so‘ng termamiz himoyachisi Rustam Ashurmatov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

- O‘yin yaxshi bo‘ldi. To‘g‘ri, g‘alaba qozona olmadik, ammo mag‘lubiyatga ham uchramadik. Qo‘ldan kelgancha, harakat qilib, tarixiy golni urganimizdan xursandman.

- Biz mazkur uchrashuvga to‘g‘ri tayyorgarlik ko‘rdik va raqibni ertaroq kutib olish rejasini tuzdik. Rejamiz qisman ish berdi. Garchi, raqib ko‘p xavfli hujumlar yaratgan bo‘lsa ham, ularning soni kam edi. 50:50 penaltini inobatga olmasa, biz o‘z ishimizni to‘g‘ri bajardik.

- Tarixiy natijani takrorlashga bugungi jamoaning potensiali yetadimi?
- Bugungi o‘yinni o‘zi bunga javob. Albatta, potensialimiz yetadi. Tarixiy golni urdik, endi tarix yaratish uchun qo‘limizdan kelgan hamma ishni qilamiz.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.