Ispaniya kubogi. Aka-uka Uilyamslar "Barselona"ni musobaqadan chiqarib yubordi

Ispaniya kubogi. Aka-uka Uilyamslar "Barselona"ni musobaqadan chiqarib yubordi

Ispaniya kubogi chorak finaldan o‘rin olgan \"Atletik\" - \"Barselona\" bahsida mezbonlar 4:2 hisobida zafar quchdi.

Dastlab, 1-daqiqada Guruseta hisobni ochgan bo‘lsa, 26-daqiqada Levandovski imkoniyatlarni tenglashtirdi. Oradan ko‘p o‘tmay Yamal jamoasini oldinga olib chiqdi. Ikkinchi taym boshida Sanset hisobni tenglashtirdi. Shundan so‘ng aka-uka Uilyamslar bittadan gol urib, o‘yinga nuqtani qo‘ydi.

Shu tariqa, Xavi shogirdlari turnirni tark etdi.

\"Atletik\" – \"Barselona\" 4:2

Gollar: 1:0 – 1 Guruseta, 1:1 – 26 Levandovski, 1:2 – 32 Yamal, 2:2 – 49 Sanset, 3:2 – 105 I. Uilyams, 4:2 – 120 N. Uilyams.

\"Atletik\": Agirresabala, Lekue (De Markos, 90), Vivian, Paredes, Berchiche, Prados (Errera, 90), Vesga (Gomes, 46; Xauregisar, 105), Sanset, N. Uilyams, Ares (I. Uilyams, 59), Guruseta (Vilyalibre, 73).

\"Barselona\": Penya, Kunde, Kristensen (Kubarsi, 70), Arauxo, Balde (Fort, 23), Gyundogan, de Yong, Pedri (Serji Roberto, 99), Ferran Torres, Yamal (Giu, 105), Levandovski (Joau Feliks, 78).

Ogohlantirish: Kristensen (17), Xavi (17), Sanset (36), Prados (82), Ferran Torres (83), Fort (84), Yamal (95), Errera (109), de Yong (115), Serdji Roberto (117), Uilyams (120).

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.