Bugun xorijda o‘ynayotgan legionerlarimizning 5 nafari chempionat o‘yinlarida qatnashadi

Bugun xorijda o‘ynayotgan legionerlarimizning 5 nafari chempionat o‘yinlarida qatnashadi
Bugun xorijda o‘ynayotgan legionerlarimiz o‘z jamoasi bilan chempionat uchrashuvlarini o‘tkazadi.

Bugun RPLnnig 20-tur o‘yinlariga start beriladi. Abbosbek Fayzullayev harakat qilayotgan SSKA safarda \"Krilya Sovetov\" bilan bahs olib boradi. Bellashuv 16:30da start oladi.

BAA chempionati 15-turida Aziz G‘aniyev sharafini himoya qilayotgan \"Shabab Al Ahli\" klubi \"Xatta\" klubi mehmoni bo‘ladi.

Osiyo kubogidan so‘ng uch nafar legionerimiz Eron chempionatiga ko‘chib o‘tganidan xabaringiz bor. Eron Pro Ligasi 19-turida Oston O‘runov jamoasi - \"Persopolis\" o‘z maydonida \"Fulad\"ni qabul qiladi. O‘yin 19:00da start oladi.

Bundan tashqari, Jaloliddin Masharipov o‘ynayotgan \"Istiqlol\" safarda \"Istiqlol Xuziston\" bilan bellashadi. Ushbu bahs 21:15da start oladi.

Turkiya Superligasining 29-uchrashuvlariga bugun start beriladi. Husniddin Aliqulov jamoasi - \"Rizespor\" \"Galatasaroy\" mehmoni bo‘ladi. Uchrashuv 22:00da start oladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.