Eldor Shomurodov: "Juda ham baxtliman, Forza Cagliari!"

Eldor Shomurodov: "Juda ham baxtliman, Forza Cagliari!"
A Seriya 28-turidan o‘rin olgan \"Kalyari\" - \"Salernitana\" bahsi bo‘lib o‘tdi. Gollarga boy o‘tgan uchrashuvda sardiniyaliklar 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Jarohatidan qaytgan Eldor Shomurodov ikkinchi taymning boshida maydonga tushdi va 51-daqiqada \"Kalyari\"dagi debyut golini urdi. 76-daqiqada esa chap qanotdan reyd uyushtirib, yana bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi va dublni rasmiylashtirdi.

Shu tariqa, sardiniyaliklar A Seriya turnir jadvalida 13-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 28 yoshli hujumchi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi va bellashuv haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

\"Assalomu alaykum, hammaga. Juda ham baxtliman, 3 ochkoni qo‘lga kiritdik. Forza Cagliari\", - dedi terma jamoamiz sardori.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.