La Liga. "Real" yirik hisobda g‘alaba qozonib, peshqadamlikni mustahkamlab qo‘ydi

La Liga. "Real" yirik hisobda g‘alaba qozonib, peshqadamlikni mustahkamlab qo‘ydi
La Liganing 28-turidan o‘rin olgan \"Real\" - \"Selta\" bahsi madridliklarning 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.

Dastlab, Vinisius hisobni ochgan bo‘lsa, Guaita va Domingeslar o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Shuningdek, Gyuler debyut golini ham urib oldi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng \"Real\" \"Jirona\"dan 7, \"Barsa\"dan esa 8 ochkoga o‘tib ketdi.

\"Real\" — \"Selta\" 4:0
Gollar
: 1:0 – 21 Vinisius Junior, 2:0 – 79, avtogol Guaita, 3:0 – 88, avtogol Dominges, 4:0 – 90 Gyuler.
\"Real\": Lunin, Nacho, Ryudiger, Mendi, Modrich (Kroos, 83), Valverde, Braim Dias (Tchuameni, 83), Kamavinga (Sebalos, 88), Vaskes, Vinisius Junior (Gyuler, 89), Rodrigo (Xoselu, 74).
\"Selta\": Guaita, Mingesa (Sotelo, 77), Mankilo, Starfelt, Nunes, Sanches (Servi, 60), De La Torre, Beltran (Dominges, 77), Bamba (Alende, 60), Aspas, Larsen (Duvikas, 83).
Ogohlantirish: De La Torre (25), Kamavinga (45), Vinisius Junior (55), Mingesa (55), Mankilo (82).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.