Sanjar Tursunov «Vorskla» bilan safarda «Dinamo» Kiyevni engishdi

Sanjar Tursunov «Vorskla» bilan safarda «Dinamo» Kiyevni engishdi
Sanjar Tursunov «Vorskla» bilan safarda «Dinamo» Kievni engishdi

Ukraina chempionatining 6-turidan o‘rin olgan \"Dinamo\" Kiev hamda \"Vorskla\" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvga yakun yasaldi.

Ushbu uchrashuvda \"Vorskla\" 0:2 hisobidagi g‘alabani tantana qildi. Uchrashuv mehmonlarning ustunligi ostida boshlandi va bu ustunlik o‘yinning 15-daqiqasida Yuriy Kolomoes tomonidan kiritilgan gol bilan hisobda o‘z aksini topdi.

Uchrashuvning ikkinchi bo‘limi o‘rtalarida, aniqrog‘i 70-daqiqada yana o‘sha Kolomes raqib darvozasini ishg‘ol etdi va jamoasining g‘alabasini mustahkamlab qo‘ydi. Shu tariqa \"Vorskala\" so‘ngi besh yillikda ilk bor safardan g‘alaba bilan qaytadigan bo‘ldi.

Avvalroq hamyurtimiz Sanjar Tursunov Qatarning \"Um-Salal\"idan \"Vorskla\"ga ko‘chib o‘tgani haqida xabar bergan edik. Bugun u uchrashuv qaydnomasiga kiritildi va o‘yinda zahiradan maydonga tushdi.

\"Dinamo\" — \"Vorskla\" 0:2
Gollar: Kolomoes, 15, 70
Dinamo: Shovkovskiy — Morozyuk, Silva, Vida, Antunesh — Garmash, Korzun (Fedorchuk, 73), Buyalskiy (Gladkiy, 66) — Yarmolenko, Moraes, Gromov (Gusev, 58)
Vorskla: Nepogodov – Perduta (Tursunov, 72), Dityatev, Pilyavskiy, Rebenok — Kravchenko, Chesnakov — Kobaxidze, Tkachuk, Bartulovich – Kolomoes (Zagorulko, 84)
Ogohlantirishlar: Moraes, Yarmolenko – Kravchenko, Chesnakov.

Manba: Sports.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.