Vadim Abramov: "Chempionlar ligasida ham "Real Madrid" va "Manchester Siti" 3:3 o‘ynadi"

Vadim Abramov: "Chempionlar ligasida ham "Real Madrid" va "Manchester Siti" 3:3 o‘ynadi"
O‘zbekiston kubogining 2-turidan o‘rin olgan \"Dinamo\" - \"Nasaf\" (3:3) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O‘yin haqida
- Albatta, o‘yinni ko‘rdinglar, muxlislarga yoqadigan va tomoshabop futbol bo‘ldi. Birinchi bo‘limda o‘yinimiz unchalik qovushmadi. Biroq, ikkinchi bo‘limda yigitlar xarakter ko‘rsatishdi va yorqin futbol namoyish etishdi.

- Guruhdagi vaziyat haqida fikringiz?
- Narigi uchrashuvda qanday natija qayd etildi?

- \"Navbahor\" g‘alaba qozondi.
- Tushunarli. Demak, hozir bizda 2 ta ochko bor va yaxshi guruhda yaxshi vaziyatga egamiz. Guruh bosqichidan chiqish yoki chiqmasligimiz \"Navbahor\" bilan o‘yindan so‘ng hal bo‘ladi.

- \"Andijon\" bilan ham, bugun ham jamoangiz ochiq futbol namoyish etdi. Bu sizning uchrashuvga tanlagan uslubingizmi?
- Chempionlar ligasida ham \"Real Madrid\" va \"Manchester Siti\" 3:3 o‘ynadi. Javob o‘yinida Madrid klubi himoyaviy uslub tanlab natijaga erishdi. Futbolda shunaqa o‘yinlar uchrab turadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.