Xose Venansio Lopes: Raqibimiz jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biri ekanini yaxshi bilamiz

Xose Venansio Lopes: Raqibimiz jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biri ekanini yaxshi bilamiz
O‘zbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Venansio Lopes Osiyo kubogi yarim final bosqichidan o‘rin olgan Eronga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

«Rostini aytsam, Eron bilan o‘yinga tayyorgarlik ko‘rmadik. Chunki kechagi uchrashuvdan so‘ng bunga yetarli vaqtimiz bo‘lgani yo‘q. Biroq raqibimiz jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biri ekanini yaxshi bilamiz. Ularni qanday mag‘lub etish mumkin? Eronlik o‘yinchilarning darajasi juda yuqori va bu jamoani to‘xtatish juda qiyin. O‘ylashimcha, bitta uchrashuvda hamma narsa sodir bo‘lishi mumkin. Biz o‘z maqsadimizga erisha olamiz», - dedi futzal bo‘yicha terma jamoamiz ustozi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.