Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi

Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi
Qozog‘istonning Olmaota shahrida “IBA Chempionlar oqshomi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Turnirning markaziy jangida o‘zbekistonlik bokschi Saidjamshid Ja’farov Qozog‘iston vakili Talgat Shaykenga qarshi jang qildi.

Jang Saidjamshidning ochkolar evaziga (79-73, 76-76, 80-72) g‘alabasi bilan yakunlandi va IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, Ja’farov dastlab Doniyor Eleusinovga qarshi jang qilishi aytilgan edi. Biroq Doniyor jarohat olgani bois, uning o‘rnini Shayken egalladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.