Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi

Mamlakatimizning Toshkent va Samarqand shaharlarida o‘tkazilgan xokkey bo‘yicha \"U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati\" doirasida final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston U-18 terma jamoamiz Tailandga qarshi saf tortdi va 2:1 hisobida zafar quchdi.
Vakillarimiz safida Timur Habibov va Abduqayum Abduvosiqov shaybalarga mualliflik qildi. Shu tariqa, hamyurtlarimiz mazkur turnirda chempionlikni qo‘lga kiritdi.
3-o‘rin uchun kechgan bahsda esa Mo‘g‘uliston xokkeychilari BAA termasini 4:2 hisobida mag‘lub etdi va bronza medallarga ega chiqdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Vakillarimiz safida Timur Habibov va Abduqayum Abduvosiqov shaybalarga mualliflik qildi. Shu tariqa, hamyurtlarimiz mazkur turnirda chempionlikni qo‘lga kiritdi.
3-o‘rin uchun kechgan bahsda esa Mo‘g‘uliston xokkeychilari BAA termasini 4:2 hisobida mag‘lub etdi va bronza medallarga ega chiqdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













