Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz"

Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz"
Indoneziya OTJ Qatardagi Osiyo kubogida uchinchi o‘rin uchun bahsda Iroqqa mag‘lub bo‘ldi va Olimpiadaga to‘g‘ridan to‘g‘ri chiqish imkoniyatini yo‘qotdi.

Endilikda ular 9 may kuni Parijda Afrika vakili Gvineya bilan pley-off o‘yinida kuch sinashadi. Indoneziya OTJ ustozi Shin Tae Yong jamoasining mag‘lubiyatini quyidagicha izohladi.

\"Natija juda achinarli. Biz qo‘limizdan kelganini qildik. Lekin oldinda Olimpiadaga borish uchun yana bir imkoniyatimiz bor. O‘sha imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz. Maydonda ikki jamoa ham uchinchi o‘rin va Olimpiada yo‘llanmasi uchun kurashdi. Jamoamdan katta kuch sarflaganlari uchun minnatdorman. Olimpidada Osiyodan 4 ta jamoa ishtirok etishi orzuim hisoblanadi.

Endi biz 3-4 kun davomida tiklanishga e’tibor qaratamiz. Shundan so‘ng raqibimizni tahlil qilamiz, taktik ishlarni olib boramiz
\",- deydi Shin Tae Yong.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.