A Seriya. "Kalyari" mehmonda "Milan"ga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi

A Seriya. "Kalyari" mehmonda "Milan"ga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi
A Seriyaning 36-turida \"Kalyari\" \"Milan\" mehmoni bo‘lib, 5:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Pulishich dubl qilgan bo‘lsa, Bennaser, Reynders va Leaular bittadan gol urishdi. Nandes esa javob qaytardi. Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushib, 82-daqiqada almashtirildi. U sheriklariga 16 ta aniq pas berib, darvozaga bitta zarba yo‘lladi. Hujumchiga \"Sofa Score\" tomonidan 6,2 ball berildi.

Shu tariqa, \"Milan\" ikkinchi o‘ringa mustahkam o‘rnashib oldi. \"Kalyari\" esa 15-pog‘onada bormoqda.

\"Milan\" — \"Kalyari\" 5:1
Gollar
: 1:0 – 35 Bennaser, 2:0 – 59 Pulishich, 2:1 – 63 Nandes, 3:1 – 74 Reynders, 4:1 – 83 Rafael Leau, 5:1 – 86 Pulishich.
\"Milan\": Sportello, Kalulu, Gabbiya (Tomori, 46), Tiav, Florensi (Ernandes, 68), Bennaser (Pobega, 84), Pulishich, Reynders, Musa, Chukvueze (Rafael Leau, 46), Jiru (Okafor, 46).
\"Kalyari\": Skuffet, Mina (Veteska, 88), Dossena (Atssi, 76), Zappa, Obert, Deyola (Oristanio, 76), Prati, Sulemana, Nandes (Lapadula, 76), Luvumbu, Shomurodov (Mutandva, 82).
Ogohlantirish: Bennaser (28), Gabbiya (33), Mina (69).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.