Abbosbek Fayzullayev Rossiyada "mavsum kashfiyoti" sovrini uchun yakuniy uchlikdan joy oldi

Abbosbek Fayzullayev Rossiyada "mavsum kashfiyoti" sovrini uchun yakuniy uchlikdan joy oldi
Hamyurtimiz Abbosbek Fayzullayev Rossiya Premer ligasida \"mavsum kashfiyoti\" sovrini uchun kurashadi. RPLda mavsumning eng yaxshilarini aniqlash jarayoni boshlandi.

\"Mavsum kashfiyoti\" nominatsiyasi uchun 3 nafar nomzod e’lon qilindi. Bular: 20 yoshli Abbosbek Fayzullayev (SSKA), 24 yoshli Bitello (\"Dinamo\") va 19 yoshli Nikita Saltikov (\"Krilya Sovetov\").

Saralashning birinchi bosqichida muxlislar ovoz berishdi. Unda Fayzullayev hammadan ko‘p ovoz to‘pladi.

Mazkur sovrin g‘olibini murabbiylar, jamoa sardorlari, sharhlovchilar va Rossiya futboli faxriylaridan iborat maxsus hay’at a’zolari aniqlashadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.