“Bayer” “Kayzerslautern”ni mag‘lub etib, Germaniya Kubogi sohibiga aylandi

“Bayer” “Kayzerslautern”ni mag‘lub etib, Germaniya Kubogi sohibiga aylandi
Futbol bo‘yicha Germaniya Kubogining finalida “Bayer” 25 may, shanba kuni “Kayzerslautern”ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 17-daqiqasida Granit Jaka hisobni ochdi. Bo‘lim oxirida Kossunu qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.

Ikkinchi bo‘limda “Bayer” bir kishi kam bo‘lib o‘ynagan bo‘lsa-da, faollikni to‘xtatmadi. Jakaning goli o‘yinda yagonaligicha qoldi va Xabi Alonso shogirdlariga g‘alaba keltirdi.
“Bayer” “Kayzerslautern”ni mag‘lub etib, Germaniya Kubogi sohibiga aylandi
“Bayer” “Kayzerslautern”ni mag‘lub etib, Germaniya Kubogi sohibiga aylandi
“Bayer” “Kayzerslautern”ni mag‘lub etib, Germaniya Kubogi sohibiga aylandi
Shu tariqa “Bayer” Germaniya Kubogi g‘olibiga aylandi. Bir necha kun oldin Yevropa Ligasida “Atalanta”ga imkoniyatni boy bergan jamoa, bu safar finalni qo‘ldan chiqarmadi.

Germaniya Kubogi
Final
25 may, shanba


“Kayzerslautern” — “Bayer” 0:1
Gol
: 0:1 – 17 Jaka.
“Kayzerslautern”: Kral, Elvedi, Tomiak, Puxach, Simmer (Ture, 90), Redondo (Opoku, 83), Ritter, Rashl (Klement, 83), Kaloch, Solinski (Tachi, 74), Xanslik (Axe, 46).
“Bayer”: Gradeski, Frimpong (Tella, 90), Ta, Tapsoba, Kossunu, Grimaldo (Inkapie, 85), Jaka, Hofmann (Adli, 46), Andrix, Virs (Glojek, 90), Shik (Stanishich, 46).
Ogohlantirishlar: Kossunu (3), Elvedi (86), Klement (90+5), Gradeski (90+6).
Chetlatish: Kossunu (44).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.