«Chelsi» Antuan Grizmann uchun «MYu» bilan kurashga kirishdi


Londonning «Chelsi» klubi «Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmanni sotib olmoqchi.
Fransiyalik hujumchi madridliklar bilan yangi shartnoma imzolagach, uning tranfer qiymati 100 million evroga baholangan. Ayni vaqtda Grizmannga «Manchester Yunayted»dan ham qiziqish bor.
«Chelsi» Diego Kostani «Atletiko»ga qaytarishga rozi bo‘lishi mumkin. Faqat buning uchun madridliklar Grizmanni «Chelsi»ga sotishlari lozim bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Grizmann faqat «Atletiko»dan Diego Simeone ketgan taqdirda boshqa jamoaga o‘tishi mumkinligini aytgan edi.
Manba: Fut.uz
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













