Qizlar o‘rtasidagi O‘FA U-17 chempionatida 35:0 hisobi qayd etildi

Qizlar o‘rtasidagi O‘FA U-17 chempionatida 35:0 hisobi qayd etildi
\"So‘g‘diyona-W\" va \"Surxon-W\" jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda juda yirik hisob qayd etildi.

17 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi O‘FA chempionati 4-turida \"So‘g‘diyona-W\" jamoasi \"Surxon-W\"ga javobsiz 35 ta (o‘ttiz beshta) gol urdi. Jizzaxliklar tarkibida Dilnura Mamatqulova 11 ta gol urgan bo‘lsa, Laziza Jumaboyeva o‘z hisobiga 10 ta gol yozib qo‘ydi. \"So‘g‘diyona-W\" jamoasining to‘plar nisbati bu o‘yinga qadar 20-2 edi, uchrashuvdan so‘ng esa 55-2 ni tashkil qildi.

\"So‘g‘diyona-W\" - \"Surxon-W\" 35-0
Gollar
:

Dilnura Mamatqulova 3\' 17\' 19\' 24\' 26\' 38\' 44\' 46\' 59\' 60\' 65\' (11-0)

Laziza Jumaboyeva 18\' 25\' 27\' 28\' 29\' 35\' 40\' 48\' 53\' 66\' (21-0)

Durdona Akramova 30\' 45\' 50\' 61\' 68\' (26-0)

Zebiniso Rahmatullayeva 4\' 21\' 41\' 49\' (30-0)

Xumora O‘razboyeva 33\' 56\' (32-0)

Sojida Hayitboyeva 9\' (33-0)

Charos Yo‘ldosheva 20\' (34-0)

Ruxshona O‘sarova 52\' (35-0)
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.