Xorxe Masvidal: ""Men bitta – internetni portlatib yuboradigan jangni xohlayman"

Xorxe Masvidal: ""Men bitta – internetni portlatib yuboradigan jangni xohlayman"
Mashhur amerikalik aralash yakkakurash jangchisi Xorxe Masvidal Neyt Diaz bilan jangidan so‘ng ringni baham ko‘rmoqchi bo‘lgan bokschilarni sanab o‘tdi.

\"Men bitta – internetni portlatib yuboradigan jangni xohlayman. Bu uchun raqib Logan Pol bo‘lgani yaxshi. U Meyvezerga qarshi jangda ajoyib o‘yin ko‘rsatdi, unga bir nechta yaxshi xuk zarbalarini berdi. Logan bilan uchrashganimdan so‘ng, Floyd yoki Pakyao kabi boks afsonalaridan biri bilan jang qilish ham ajoyib bo‘lardi\", - deb Masvidaldan iqtibos keltiradi MMA Mania.

Eslatib o‘tamiz, Diaz (21-13) va Masvidal (35-17) 6 iyul kuni Anaxaymda jang o‘tkazadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.