Buffon: "Ispaniya Italiyaga nafas olishga imkon bermadi"

Buffon: "Ispaniya Italiyaga nafas olishga imkon bermadi"
Janluiji Buffon Italiyaning Ispaniyadan uchragan mag‘lubiyati haqida gapirdi. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi Yevro-2024 guruh bosqichi 2-tur o‘yini 1:0 hisobida yakunlandi.

\"Ispaniyaga qoyil qoldim. Ularning o‘yin uslubidan hayratlandim, ispanlar huddi bir kishi ko‘pdek harakat qilib, tinimsiz vaziyatlar yaratishdi. Yaxshiyam 0:1ga yutqazdik.

Agar Donnarumma gol o‘tkazmaganida, unga 10 baho qo‘ygan bo‘lardim. U Ispaniyaning barcha zarbalarini qaytardi.

Ba’zida g‘alabadan ko‘ra mag‘lubiyatdan keyin ishlash osonroq bo‘ladi. Ispaniya bilan o‘yinda ba’zi savollarga javob topdik. Agar Albaniyaga qarshi g‘alabadan so‘ng jamoaga 9 ball qo‘ygan bo‘lsam, Ispaniyaga qarshi bahsdan so‘ng 4 ball ham qo‘ymayman. Biz hozir o‘rtaroqdamiz va Xorvatiyani taslim qilishimiz uchun iloji boricha tezroq o‘z darajamizni topishimiz kerak
\" - dedi Buffon.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.