Ro‘ziqul Berdiyev: "Jamoamizda g‘alabaga bo‘lgan ishonchning borligi bizga 3 ochkoni taqdim etdi"

Ro‘ziqul Berdiyev: "Jamoamizda g‘alabaga bo‘lgan ishonchning borligi bizga 3 ochkoni taqdim etdi"
Superliganing qoldirilgan 5-turidan o‘rin olgan \"Nasaf\" - \"Navbahor\" (3:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida
- G‘alaba bilan jamoamiz a’zolari va muxlislarini tabriklayman. \"Navbahor\" kuchli tarkibga ega tajribali jamoa. Biz raqibdan shunaqa qarshilikni kutgandik. Kutilmagan gollar o‘tkazib yubordik. Jamoamizda g‘alabaga bo‘lgan ishonchning borligi bizga 3 ochko taqdim etdi. Hisobda ikki marta orqada borib ham g‘alabaga erishdik.

- Abduvohid Ne’matov penalti tepishni o‘zi hohladimi?
- Biz boshqa futbolchilarga shu vazifani yuklagandik. U Marko bilan kelishgan holda shu qarorga keldi va bu qaror o‘zini oqladi.

- Hakamlikni qanday baholaysiz?
- Nazarimda hammasi to‘g‘ri bo‘ldi. Muhokama qilmoqchi emasman, o‘yin buzilib qolmadi.

- \"Nasaf\"ning transfer rejasi qanday?
- Biz rahbariyat bu borada muhokama qilayapmiz. Yanada kuchayishimiz kerak. Shu sababdan ba’zi variantlarni ko‘rib chiqamiz.

- \"Nasaf\"ning ikkinchi golini VAR ko‘rayotganda Bobir Abdixoliqov bilan vaziyatni muhokama qildingiz. Shu haqida aytib bersangiz?
- Birinchi vaziyatda ular o‘yindan tashqari holatni ko‘rayapmiz deyishdi. Keyin qo‘l haqida gap chiqdi. Shu biz uchun bir oz tushunarsiz bo‘ldi. Hozir o‘sha vaziyat video takrorini ko‘rishga ulgurmadim.

- Sherzod Nasrullayev va Abduvohid Ne’matovlar legionerga aylanishi haqidagi gap-so‘zlarga fikringiz qanday?
- Sherzod Nasrullayev haqida hech qanday gap eshitmadim. Abduvohid Ne’matov bizga shunaqa taklifi bor ekanini aytdi. Biroq, u hozir bizga kerak. U qaysidir jamoaga ikkinchi darvozabon sifatida borishga loyiq emas. Bu noto‘g‘ri bo‘ladi. Eron chempionati klublari bizning jamoadan daraja jihatdan ustun deb o‘ylamayman.

- Sizning maslahatingizni u qanday qabul qildi?
- To‘g‘ri qabul qildi, e’tiroz bildirmadi. Biz unga maqsadlarimiz, jamoaga va muxlislarga kerakligini aytdim, tushundi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.