Ispaniya Angliyani mag‘lub etib, Yevro—2024 g‘olibiga aylandi

Ispaniya Angliyani mag‘lub etib, Yevro—2024 g‘olibiga aylandi
Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionatining finalida Ispaniya va Angliya terma jamoalari 14 iyul, yakshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limi nisbatan ehtiyotkor o‘tdi va hisob ochilmadi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Niko Uilyams Yamalning uzatmasini golga aylantirdi. 73-daqiqada kelib, zaxiradan maydonga tushirilgan Palmer hisobni tenglashtirdi.

87-daqiqada Mikel Oyarsabal ispanlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Uchrashuv oxiriga qadar 2:1 hisobi saqlanib qoldi va De la Fuente shogirdlarining qo‘li baland keldi.

Shu tariqa Ispaniya 2024 yilgi Yevropa Chempionati g‘olibiga aylandi.
Ispaniya Angliyani mag‘lub etib, Yevro—2024 g‘olibiga aylandi
Yevro—2024
Final

14 iyul, yakshanba

Ispaniya – Angliya 2:1
Gollar
: 1:0 – 47 Uilyams, 1:1 – 73 Palmer, 2:1 — 87 Oyarsabal.
Ispaniya: Unai Simon, Karvaxal, Laport, Le Norman, Kukurelya, Nacho, Fabian Ruis, Rodri (Subimendi, 46), Olmo, Uilyams, Yamal (Merino, 89), Morata (Oyarsabal, 68).
Angliya: Pikford, Uoker, Stounz, Gehi, Shou, Rays, Foden (Tauni, 89), Bellingem, Maynu (Palmer, 70), Saka, Keyn (Uotkins, 61).
Ogohlantirishlar: Keyn (25), Olmo (31), Stounz (53).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.