Amerika nashri Olimpiada sovrindorlarini taxmin qildi: Bahodir Jalolov va Hasanboy Do‘stmatovda oltin

Amerika nashri Olimpiada sovrindorlarini taxmin qildi: Bahodir Jalolov va Hasanboy Do‘stmatovda oltin
Amerikaning Sports Illustrated jurnali Parijdagi (Fransiya) Olimpiada o‘yinlarida barcha musobaqalarda g‘olib va ​​medal sohiblarini taxmin qildi. Sportchilar 2024 yilgi Olimpiada o‘yinlarida 32 sport turi bo‘yicha 329 ta medallar jamlanmasi uchun kurash olib boradi.
Amerika nashri Olimpiada sovrindorlarini taxmin qildi: Bahodir Jalolov va Hasanboy Do‘stmatovda oltin
Foto: Sports Illustrated
O‘zbekistonlik 90 nafar sportchi 10 dan ortiq sport turida musobaqalarda ishtirok etadi. Amerika nashri o‘zbekistonlik sportchilarni sovrindor bo‘lishiga ishonmoqda.

Nashrning taxminiga ko‘ra, quyidagi o‘zbek sportchilari sovrindorlar safidan o‘rin oladi:

Boks
1. Hasanboy Do‘stmatov — oltin;
2. Abdumalik Halokov — oltin;
3. Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev — kumush;
4. Lazizbek Mullojonov —bronza;
5. Bahodir Jalolov — oltin.
Amerika nashri Olimpiada sovrindorlarini taxmin qildi: Bahodir Jalolov va Hasanboy Do‘stmatovda oltin
Tokio Olimpiadasi taqdirlash marosimidan
Dzyudo
1. Dilshodbek Baratov — bronza;
2. Davlat Bobonov — kumush;
3. Muzaffarbek To‘raboyev — bronza;
4. Alisher Yusupov — bronza;
5. Diyora Keldiyorova — bronza.

Taekvondo
1. Ulug‘bek Rashitov — bronza;
2. Svetlana Osipova — kumush.

Sport nashri O‘zbekiston terma jamoasi 12 medal bilan musobaqani yakunlashini taxmin qilmoqda.
Amerika nashri Olimpiada sovrindorlarini taxmin qildi: Bahodir Jalolov va Hasanboy Do‘stmatovda oltin
Tokio Olimpiadasi taqdirlash marosimidan
O‘zbekiston delegatsiyasi Tokio Olimpiadasida 3 ta oltin va ikkita bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 32-o‘rinda qayd etilgandi. Musobaqada Ulug‘bek Rashidov (taekvondo), Akbar Jo‘rayev (og‘ir atletika) va Bahodir Jalolov (boks) oltin, Davlat Bobonov (dzyudo) hamda Bekzod Abdurahmonov (erkin kurash) bronza medaliga ega chiqgan edi.

Ma’lumot uchun, Parij Olimpiadasi 26 iyuldan 11 avgustgacha bo‘lib o‘tadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.