Parij-2024. Nigina O‘ktamova jang o‘tkazmasdan 1/8 finalga chiqdi

Parij-2024. Nigina O‘ktamova jang o‘tkazmasdan 1/8 finalga chiqdi
Foto: Olympic.uz
Parij Olimpiadasida boks bahslariga start berildi.

-54 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik Nigina O‘ktamova ilk bosqichda misrlik Yomna Ayyadga qarshi ringga ko‘tarilishi kerak edi. Ammo raqibasi jangga chiqmasligini ma’lum qildi — bokschi qizimiz to‘g‘ridan to‘g‘ri keyingi davraga yo‘l oldi.

O‘ktamovaning navbatdagi jangi 30 iyul kuni KXDR vakili Chol Mi Pangga qarshi bo‘lib o‘tadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.