Dzyudo. O‘zbekiston terma jamoasi o‘tish turnirida qatnashadi

Dzyudo. O‘zbekiston terma jamoasi o‘tish turnirida qatnashadi
Parij Olimpiadasida dzyudo bo‘yicha musobaqalarning aralash jamoaviy turi bo‘yicha 1/4 final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonliklar Italiya bilan bellashdi.

Bellashuvni O‘zbekiston terma jamoasi g‘alaba bilan boshladi. Murodjon Yo‘ldoshev (-73 kg) Manuel Lombardoni qo‘shimcha daqiqalarda mag‘lubiyatga uchratdi.

Ikkinchi bo‘lib tatamiga chiqqan Gulnoza Matniyazova Savita Russodan ustun keldi va oradagi farqni kattalashtirdi.

Uchinchi bahsda Davlat Bobonov Kristian Parlatiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi: 2:1.

4-bo‘lib tatamiga chiqqan, Irisxon Qurbonboyeva hamda 5-bo‘lib chiqqan Alisher Yusupov mag‘lubiyatga uchradi va Italiya oldinga chiqib oldi.

Hal qiluvchi bahsda Shukurjon Aminova qiyin kechgan uchrashuvning qo‘shimcha daqiqalarida mag‘lubiyatga uchradi. Shunday qilib yakuniy hisob — 4:2, Italiya yarim finalga yo‘l oldi.

Endi o‘zbekistonliklar bronza uchun o‘tish turnirida qatnashadi. Unda Janubiy Koreya raqiblik qiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.