Parij—2024. Asadxoʻja Moʻydinxoʻjaev yarim finalga yoʻl oldi

Parij—2024. Asadxoʻja Moʻydinxoʻjaev yarim finalga yoʻl oldi
Frantsiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada bahslarida boks musobaqalari ham davom etmoqda.

-71 kg vazn toifasida harakat qiladigan Asadxoʻja Moʻydinxoʻjaev turnirdagi ikkinchi jangini daniyalik Nikolay Terteryanga qarshi oʻtkazdi.

Oʻzbekistonlik bokschi birinchi raundda kichik ustunlikka erishdi. Ikkinchi raundda Asadxoʻja ustunlikka erishdi, bu hisobda ham oʻz aksini topdi. Ikkinchi raundda hakamlarning barchasi Asadxoʻjaga 10 ochko taqdim etdi.
Parij—2024. Asadxoʻja Moʻydinxoʻjaev yarim finalga yoʻl oldi
Soʻnggi raundda ham sportchi oʻz imkoniyatlarini koʻrsatdi va hakamlarning yakdil qarori bilan gʻalaba qozondi. Shu tariqa oʻzbekistonlik bokschi yarim finalga yoʻl oldi.

Asadxoʻja Moʻydinxoʻjaev musobaqadagi ilk jangini misrlik Omar Elavadiga qarshi oʻtkazib, mutlaq ustunlik qilib gʻalaba qozongan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.