Turkiyalik o‘q otuvchi: "Mening holatim bunchalik shov-shuvga sabab bo‘lishini kutmagandim"

Turkiyalik o‘q otuvchi: "Mening holatim bunchalik shov-shuvga sabab bo‘lishini kutmagandim"
10 metrga pnevmatik to‘pponchadan o‘q otish bo‘yicha aralash juftlik bahslarida kumush medalni qo‘lga kiritgan 51 yoshli turkiyalik Yusuf Dikech \"Parij-2024\" musobaqasidagi qulay uslub tufayli erishgan mashhurligi haqida gapirdi.

Eslatib o‘tamiz, Internet hamjamiyatiga Dikechning musobaqalarga nisbatan noodatiy munosabati yoqdi. Janglar paytida sobiq harbiy Yusuf maxsus jihozlardan - aniqlikni oshirish uchun linzalar va quloqchinlardan foydalanmagan. Buning o‘rniga, sportchi oddiy ko‘zoynak va quloq tiqini taqib yurgan. Qo‘lini cho‘ntagiga solib turgan holati ijtimoiy tarmoqlarda virus singari tez tarqaldi.
Turkiyalik o‘q otuvchi: "Mening holatim bunchalik shov-shuvga sabab bo‘lishini kutmagandim"
- Bu men o‘zimni eng qulay his qilgan va tanamni eng barqaror ushlab turadigan holat edi. Tashqaridan xotirjam ko‘rinsam-da, ichkarida bo‘ron ro‘y berardi. Bu ko‘rinish bunchalik shov-shuvga sabab bo‘lishini kutmagandim. Oltin medalni qo‘lga kiritgan do‘stim: \"Men birinchi o‘rinni oldim, lekin ko‘pchilik siz haqingizda gapiradi\", - dedi Dikech NTV telekanalida.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.