Parij—2024. Vardanyan va Assakalov o‘tish bahsida g‘alaba qozondi

Parij—2024. Vardanyan va Assakalov o‘tish bahsida g‘alaba qozondi
Foto: “Olympic”
Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada bahslari davom etmoqda.

Yunon-rum kurashchisi Aram Vardanyan bronza medali uchun o‘tish bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Sportchi bellashuvda jazoirlik Abdelkrim Oukalini mag‘lubiyatga uchratishga erishdi. Endi u -77 kg vazn toifasining sovrindorlar qatoridan joy olish uchun armanistonlik Malxas Amoyan bilan bellashadi.
Parij—2024. Vardanyan va Assakalov o‘tish bahsida g‘alaba qozondi
Foto: Olympic
Yana bir “klassik” kurashchi Rustam Assakalov (-97 kg) ham kechki dasturda (7 avgust) bronza medali uchun kurashish imkoniyatini saqlab qoldi. Janubiy Koreya vakili Song Jun Kim bilan bellashgan o‘zbek sportchisi ajoyib g‘alabasi bilan Olimpiada medali sari yana bir qadam tashladi. Endi u bu yo‘lda kubalik Gabriel Kindelanga qarshi gilamga chiqadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.