Vitaliy Levchenko: "Tartibli futbol evaziga g‘alabaga erishdik"

Vitaliy Levchenko: "Tartibli futbol evaziga g‘alabaga erishdik"
Superliganing 15-turidan o‘rin olgan \"Neftchi\"-\"Dinamo\" (3:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida
- Albatta bugungi o‘yin uchun yigitlarga minnatdorchilik bildiraman. Bir kishi kam bo‘lib qolgan bo‘lsak ham futbolchilar juda tartibli o‘yin ko‘rsatishdi. G‘alaba qozondik, jamoa a’zolari va muxlislarni tabriklayman.

- Qizil kartochka ko‘rsatilgan vaziyatga munosabatingiz?
- Tanaffus vaqtida epizod videolavhasini ko‘rdim. Qizil kartochka uchun bahslashsa bo‘ladi. Hakamlar shunday qarorga kelishgan ekan, e’tirozim yo‘q. Lekin vaziyatda qizil kartochka ko‘rsatish uchun yetarlicha sabab yo‘q edi.

- Jamoa \"Nasaf\" bilan o‘yinda ham bir kishi kam bo‘lib harakat qilgandi. Bugun ham shunday bo‘ldi. \"Neftchi\" kamchilik bo‘lib o‘ynash uslubiga moslashib ham qoldimi?
- To‘g‘ri, ayrim o‘yinlarda kamchilik bo‘lib qolayapmiz. Lekin bugun qizil kartochkadan keyin yigitlar tartibli futbol namoyish etgan holda o‘yinni qutqarib ketishdi.

- Jasur Jaloliddinov xorij klubiga transfer qilinayotgani haqidagi xabarlarga munosabatingiz?
- Bu haqida aniq ma’lumotim yo‘q. Shunaqa taklif bor bo‘lsa, rahbariyatning qarori bu jarayonni hal qiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.