Marsel Markesh: "O‘zbekiston terma jamoasi to‘pga yaxshi egalik qildi. Terma jamoangizning jismoniy holati juda yaxshi"

Marsel Markesh: "O‘zbekiston terma jamoasi to‘pga yaxshi egalik qildi. Terma jamoangizning jismoniy holati juda yaxshi"
Braziliya terma jamoasi futzalchisi Marsel Markesh O‘zbekistonga qarshi uchrashuvidan so‘ng o‘yin haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdi.

\"Juda yaxshi va kurashlarga boy uchrashuv bo‘ldi. Raqibimiz jismoniy tomonlama kuchli jamoa ekan. Terma jamoangiz to‘pga yaxshi egalik qildi va ancha zich himoyalandi. Jahon chempionatiga to‘xtaladigan bo‘lsak, biz bir necha kun oldin O‘zbekistonga yetib keldik va hozirgi kunda mundialga tayyorgarlik ko‘ryapmiz.

Qiyin guruhdan joy oldik deb o‘ylayman. Oson bo‘lmagan uchrashuvlar kutib turibdi. Mundialda Argentina, Portugaliya, Ispaniya, Marokash va Fransiya kabi juda kuchli terma jamoalar bor
\" - deya fikr bildirdi O‘zbekiston darvozasiga 4ta gol kiritgan Marsel.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.