O‘zbekistonda Paralimpiya sport turlarini rivojlantirish yuzasidan uchrashuv tashkil etildi

O‘zbekistonda Paralimpiya sport turlarini rivojlantirish yuzasidan uchrashuv tashkil etildi
Foto: Ijtimoiy himoya milliy agentligi
O‘zbekistonda Paralimpiya sport turlarini rivojlantirish yuzasidan uchrashuv tashkil etildi, deb xabar bermoqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi.

Ma’lum qilinishicha, ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva tashabbusi bilan Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi prezidenti Endryu Parsons, Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi prezidenti Majid Rashed va Ko‘zi ojizlar sporti federatsiyasi raisi Ilgar Raximov bilan mamlakatda paralimpiya harakatini rivojlantirish borasidagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonda Paralimpiya sport turlarini rivojlantirish yuzasidan uchrashuv tashkil etildi
Foto: Ijtimoiy himoya milliy agentligi
Uchrashuvda Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarida sportchilarning erishayotgan natijalari ham qayd etildi. 2025 yilda Toshkent shahrida o‘tkaziladigan “V yozgi o‘smirlar Osiyo o‘yinlari”ni o‘tkazish yuzasidan barcha tashkiliy masalalarga ham e’tibor qaratildi.

Tomonlar mazkur sport tadbirini muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishdan manfaatdor ekanini bildirgan.
O‘zbekistonda Paralimpiya sport turlarini rivojlantirish yuzasidan uchrashuv tashkil etildi
Foto: Ijtimoiy himoya milliy agentligi
Avvalroq Parij Olimpiadasida dzyudo bo‘yicha bahslarda oltin medalni qo‘lga kiritgan Diyora Keldiyorova Paralimpiya bahslarida qatnashayotgan O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari bilan uchrashgani haqida xabar berilgandi. Diyora Keldiyorova Ijtimoiy himoya milliy agentligining gender tengsizligi va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish bo‘yicha maxsus vakili etib tayinlangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.