Anasxon Rahmatov O‘zbekistonning g‘alaba qozonishiga nima yetishmaganini aytdi

Anasxon Rahmatov O‘zbekistonning g‘alaba qozonishiga nima yetishmaganini aytdi
O‘zbekiston futzal terma jamoasi a’zosi Anasxon Rahmatov JCH-2024 1-turidan o‘rin olgan Niderlandiyaga qarshi o‘yindan so‘ng saytimizga intervyu berdi.

- O‘yin haqida
- Birinchi o‘yin har doim qiyin bo‘lgan. Bugun ham shunday holat takrorlandi. O‘yin so‘ngida mag‘lubiyatdan qutulishni uddaladik. Muxlislar so‘nggi lahzalargacha qo‘llab-quvvatlashdi.

- Bugungi natija o‘yinga mos bo‘ldimi? Natijadan ko‘nglinigiz to‘ldimi?
- Yo‘q, sababi har bir jamoa turnirni g‘alaba bilan boshlashni xohlaydi. Biroq mag‘lubiyatni durangga aylantira olganimiz yaxshi bo‘ldi.

- Jamoaning g‘alaba qozonishiga nima yetishmadi?
- Tarkibda yoshlar ko‘p edi. Menimcha, tajriba yetishmadi.

- Jamoa yutqzayotgan paytda O‘zbekiston bosh murabbiyi taym-ayt oldi, shundan so‘ng hakam hushtagi chalinishi arafasida uchinchi gol urildi. Murabbiy qanday ko‘rsatmalar berdi?
- Murabbiy barchani xotirjamlikka chaqirdi. Gol ura olishimiz, o‘zimizga ishonishimiz kerakligini uqtirdi va buni uddaladik.

- \"Humo arena\"ga tashrif buyurgan muxlislarning o‘rni qanday bo‘ldi?
- Ularning o‘rni katta edi, ayniqsa, yutqazayotganimizda bizga dalda berib turishdi. Qiyin holatlarda muxlislardan motivatsiya olishga harakat qildik.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.