Shaxmat Olimpiadasi. 6-turda O‘zbekiston erkaklar jamoasi g‘alaba qozondi

Shaxmat Olimpiadasi. 6-turda O‘zbekiston erkaklar jamoasi g‘alaba qozondi
Foto: Uzchess
Budapesht shahrida 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi davom etmoqda.

6-tur doirasida 16 sentyabr kuni O‘zbekiston erkaklar jamoasi Isroil termasini qabul qildi. Qizlar esa Niderlandiya shaxmatchilariga qarshi dona surdi.

Javohir Sindorov dastlabki bahsda mag‘lubiyatga uchradi, ikki Nodirbekning g‘alabasi va Shamsiddin Vohidovning durangi evaziga amaldagi chempionlar Isroildan g‘alabani tortib oldi.

O‘zbekistonlik qizlar Niderlandiya bilan murosasiz kechgan uchrashuvda durang qayd etdi.
Shaxmat Olimpiadasi. 6-turda O‘zbekiston erkaklar jamoasi g‘alaba qozondi
Foto: Uzchess
Erkaklar:

O‘zbekiston — Isroil 2,5 : 1,5

- Nodirbek Abdusattorov — Maksim Rodshteyn 1:0;
- Nodirbek Yakubboyev — Ido Gorshteyn 1:0;
- Javohir Sindorov —Tamir Nabati 0:1;
- Shamsiddin Vohidov — Ilya Smirin 0,5 : 0,5.
Shaxmat Olimpiadasi. 6-turda O‘zbekiston erkaklar jamoasi g‘alaba qozondi
Foto: Uzchess
Ayollar:

O‘zbekiston — Niderlandiya 2:2

- Afruza Hamdamova — Eline Roebers 0,5 : 0,5;
- Nilufar Yakubboyeva — Jaokin Peng 0,5 : 0,5;
- Umida Omonova — Machteld Van Foreyest 0:1;
- Nodira Nodirjonova — Anna Maya Kazaryan 1:0.
Shaxmat Olimpiadasi. 6-turda O‘zbekiston erkaklar jamoasi g‘alaba qozondi
Foto: FIDE
6-turdan so‘ng O‘zbekiston erkaklar jamoasi umumjamoa hisobida 5-o‘rinda bormoqda. Qizlar jamoasi esa 9 ochko to‘plab 170 davlat ichida 15-o‘rinda bormoqda.

Bugun, 17 sentyabr musobaqada dam olish kuni hisoblanadi. Ertaga yigitlar jamoasi Ukraina jamoasi bilan o‘ynaydi. Qizlar esa Gretsiyaga qarshi dona suradi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.