Yangi Olimpiya sikliga tayyorgarlik boshlanmoqda

Yangi Olimpiya sikliga tayyorgarlik boshlanmoqda
Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarining yakuni va oldinda kutib turgan yirik kompleks musobaqalarga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvda sport vaziri Adham Ikramov, Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov, MOQ Bosh kotibi Oybek Qosimov, qo‘mita raisi o‘rinbosarlari Saken Po‘latov va Azizjon Komilovlar ishtirok etishdi.
Yangi Olimpiya sikliga tayyorgarlik boshlanmoqda
Toshkent-2025 yoshlar Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik, xususan, o‘yinlar dasturi va unga kiritiladigan sport turlarini ko‘rib chiqish kun tartibidan o‘rin oldi va bu bo‘yicha barcha masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo va Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik rejalariga ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Unda jamoaviy sport turlari va ayollar sportiga yanada ko‘proq ahamiyat qaratish, terma jamoalarning moddiy-texnik bazasini yaxshilab, tajribali xorijiy murabbiylarni jalb etish, sportchilarning tibbiy ta’minotini kuchaytirish kabi mavzular yuzasidan fikr almashildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.