Oʻzbekistonning Jahon chempionatiga chiqish imkoniyati 4-turdan soʻng keskin oshdi

Oʻzbekistonning Jahon chempionatiga chiqish imkoniyati 4-turdan soʻng keskin oshdi
Foto: “OʻFA”
We Global Football nashri 4-tur oʻyinlaridan soʻng Osiyo jamoalarining 3-saralash bosqichi orqali toʻgʻridan-toʻgʻri JCh—2026 yoʻllanmasini qoʻlga kiritish imkoniyatlarini qayta hisoblab chiqdi.

Oʻzbekistonning imkoniyati kechagi gʻalabadan soʻng keskin oshdi — 93,1% (3-turdan soʻng 82,8% edi). Qatar magʻlubiyatdan soʻng Jahon chempionatiga chiqish imkoniyatlari tushib ketdi.
Oʻzbekistonning Jahon chempionatiga chiqish imkoniyati 4-turdan soʻng keskin oshdi
X (Twitter)
1. Yaponiya — 99.99%
2. Eron — 99.6%
3. Janubiy Koreya — 99.5%
4. Oʻzbekiston — 93.1%
5. Avstraliya — 75.1%
6. Iroq — 53.4%
7. Iordaniya — 41.6%
8. Saudiya Arabistoni — 16.7%
9. Bahrayn — 7.9%
10. Ummon — 5.4%

Terma jamoalarning 4-bosqichga oʻtish imkoniyati esa quyidagicha baholangan:

1. Qatar — 88.0%
2. BAA — 88.0%
3. Ummon — 79.5%
4. Saudiya Arabistoni — 72.0%
5. Bahrayn — 69.5%
6. Iordaniya — 57.4%
7. Iroq — 45.8%
8. Avstraliya — 24.2%
9. Indoneziya — 21.0%
10. Xitoy — 13.3%

Ma'lumot uchun, 4-turda Oʻzbekiston milliy jamoasi oʻz uyida BAA ustidan kichik hisobda gʻalaba qozondi. Eron jamoasi BAAda oʻtgan oʻyinda Qatarni, Qirgʻiziston jamoasi esa Shimoliy Koreyani magʻlub etdi.

Oʻzbekiston 5-tur uchrashuvini safarda oʻtkazadi. 14 noyabr kuni boʻlib oʻtadigan oʻyinda Oʻzbekistonga Qatar raqiblik qiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.