Sergey Bogachuk: Isroil Madrimov Terens Kroufordni magʻlub etgandi

Sergey Bogachuk: Isroil Madrimov Terens Kroufordni magʻlub etgandi
Ukrainalik professional bokschi Sergey Bogachuk super yarim oʻrta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Isroil Madrimov bilan jang haqida oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
Sergey Bogachuk: Isroil Madrimov Terens Kroufordni magʻlub etgandi
Isroil juda zoʻr, iste'dodli bokschi, havaskordagi faoliyati ham yaxshi natijalarga boy boʻlgan. U ham havaskor, ham prof boksda aytishga arzigulik yutuqlarga erishdi.

Isroil faqat Kroufordga magʻlub boʻlgan. Lekin amerikalik bokschi jangda Isroildan kuchliroq edi va gʻalaba qozongandi deb oʻylamayman. U referi qoʻlini koʻtarishi uchun hech narsa qilmadi. Men uchun oʻsha jangda Madrimov haqiqiy chempion boʻlgandi.

Isroil faoliyati davomida juda kuchli raqiblar bilan jang qilishga muvaffaq boʻlgan. Men uchun u bilan jang juda yaxshi tajribaga aylanadi. Biz chempionmiz
”,— deydi Sergey.

Eslatib oʻtamiz, Isroil Madrimov va Sergey Bogachuk oʻrtasidagi jang 21 dekabr kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida Oleksandr Usik—Tayson Fyuri revansh jangining anderkardida boʻlib oʻtadi.

Madrimov oʻzining soʻnggi jangini Terens Kroufordga qarshi 4 avgust kuni Los-Anjelesda oʻtkazgandi. Jang amerikalik bokschining ochkolar hisobiga (115-113, 115-113, 116-112) koʻra gʻalabasi bilan yakunlangan edi.

Ukrainalik 29 yoshli Sergey Bogachuk (24-2-0) esa oʻzining oxirgi jangini Verjil Ortisga qarshi oʻtkazib, imkoniyatni boy bergan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.