Jek Ketterol sobiq jahon chempioni Rejis Progreysni mag‘lub etdi

Jek Ketterol sobiq jahon chempioni Rejis Progreysni mag‘lub etdi
Foto: Getty Images
Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida professional boks kechasi o‘tkazildi.

Oqshom doirasida britaniyalik Jek Ketterol birinchi yarim o‘rta vaznda sobiq jahon chempioni Rejis Progreysga qarshi ringga ko‘tarildi.

Jek jangga qadar WBC reytingida ikkinchi, WBA yo‘nalishida beshinchi, IBF\'da uchinchi, WBO versiyasida ikkinchi o‘rinni egallab turgandi.
Jek Ketterol sobiq jahon chempioni Rejis Progreysni mag‘lub etdi
Foto: Getty Images
O‘n ikki raund to‘liq davom etgan jangda 31 yoshli Ketterol 35 yashar amerikalik Progreysni 117-108, 116-109, 116-109 hisoblarida mag‘lubiyatga uchratdi. Avvaliga Rejis beshinchi raundda Jekni yengil nokdaun holatiga tushirib qo‘ydi. To‘qqizinchi raundda esa Ketterol ikkita nokdaun bilan javob qaytardi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.