To‘rabek Habibullayev Osiyo chempionatini ishonchli g‘alaba bilan boshladi

To‘rabek Habibullayev Osiyo chempionatini ishonchli g‘alaba bilan boshladi
Tailandning Chiangmay shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda.

Bugun -80 kg vaznli bokschimiz To‘rabek Habibullayev musobaqadagi ishtirokini boshladi. U ilk bosqichda Tojikiston vakili Abdumalik Boltayevga qarshi ringga ko‘tarildi.

Uch raund to‘liq davom etgan bahsda hamyurtimiz 5:0 hisobidagi ishonchli g‘alabaga erishdi va ikkinchi bosqichga yo‘l oldi.

Endi To‘rabek chorak finalda afg‘onistonlik Samir Davrai Ahmadga qarshi ringga ko‘tariladi. Ushbu jang 5 dekabr kuni o‘tkaziladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.