Hindistonlik Gukesh Dommaraju shaxmat tarixidagi eng yosh jahon chempioni boʻldi

Foto: FIDE
18 yoshli hindistonlik grossmeyster Gukesh Dommaraju xitoylik shaxmatchi Din Lijenni magʻlubiyatga uchratib, Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tarixidagi eng yosh jahon chempioniga aylandi.

Singapurda boʻlib oʻtgan final musobaqasining soʻnggi – 14-partiyasida Gukesh gʻalaba qozonib, umumiy hisobni oʻz foydasiga ogʻdira oldi – 7,5:6,5.
Gukesh 1985 yilda 22 yoshida jahon chempioni boʻlgan sovet shaxmatchisi Garri Kasparovning rekordini yangiladi.
Dommaraju shaxmat boʻyicha 18-jahon chempioni boʻldi. U bunday natijaga erishgan ikkinchi hindistonlik hisoblanadi. Undan oldin Vishvanatan Anand jahon chempioni boʻlgan birinchi hindistonlik edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!18 yoshli hindistonlik grossmeyster Gukesh Dommaraju xitoylik shaxmatchi Din Lijenni magʻlubiyatga uchratib, Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tarixidagi eng yosh jahon chempioniga aylandi.

Singapurda boʻlib oʻtgan final musobaqasining soʻnggi – 14-partiyasida Gukesh gʻalaba qozonib, umumiy hisobni oʻz foydasiga ogʻdira oldi – 7,5:6,5.
Gukesh 1985 yilda 22 yoshida jahon chempioni boʻlgan sovet shaxmatchisi Garri Kasparovning rekordini yangiladi.
Dommaraju shaxmat boʻyicha 18-jahon chempioni boʻldi. U bunday natijaga erishgan ikkinchi hindistonlik hisoblanadi. Undan oldin Vishvanatan Anand jahon chempioni boʻlgan birinchi hindistonlik edi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













