"Lans" klubi yanvar oyida etakchisini 15 mln evroga sotmoqda

"Lans" klubi yanvar oyida etakchisini 15 mln evroga sotmoqda
1 yanvar kuni Evropada qishki transfer oynasi ochiladi. Hamyurtimiz Abduqodir Husanov toʻp tepayotgan Frantsiyaning \"Lans\" klubi jamoa sardori Bris Sambani sotmoqda.

Frantsiyaning boshqa bir jamoasi \"Renn\" 30 yoshli darvozabonning transferi borasida \"Lans\" bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda mashhur \"L’Equipe\" nashri xabar berdi. Transfer summasi 15 million evro atrofida boʻladi. Samda yangi jamoasi bilan 2029 yilgacha moʻljallangan shartnoma imzolaydi.

Oldinroq \"Lans\"ning sobiq etakchisi, ayni paytda \"Al Nassr\" (S.Arabistoni) a'zosi hisoblangan Seko Fofana ham \"Renn\"ga oʻtishi ma'lum boʻlgan edi.
"Lans" klubi yanvar oyida etakchisini 15 mln evroga sotmoqda
\"Renn\" tomonidan bunday \"yurishlar\"ni amalga oshirilishi tasodif emas. Sababi, \"Renn\"ning ayni paytdagi prezidenti Arno Puy \"Lans\"ning sobiq bosh direktori hisoblanadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.