Abduqodir Husanov PSJga oʻtmasligi aniq boʻldi. Bunga sabab nima?

Abduqodir Husanov PSJga oʻtmasligi aniq boʻldi. Bunga sabab nima?
Parij klubi Husanovni transfer qilmaydi. Fransiyaning PSJ klubi Abduqodir Husanovni sotib olmaydi. Parijliklar Abduqodir jamoa murabbiyining uslubiga tushmaydi deb hisoblashmoqda.

Klubning futbol masalalari boʻyicha maslahatchisi Luis Kampos Abduqodir Husanov jamoaga transfer qilinmasligini ma\'lum qildi. Kamposning ta\'kidlashicha, PSJ faqatgina Luis Enrikening tizimiga mos tushadigan himoyachini sotib oladi.

Ma\'lumot uchun, Abduqodir Husanovga ayni damda \"Manchester Siti\", \"Real Madrid\", \"Nyukasl\" va \"Tottenxem\" klublari qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.

Manba: Championat.asia
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.