Javohir Sindarov nufuzli turnir finalida magʻlubiyatga uchradi

Javohir Sindarov nufuzli turnir finalida magʻlubiyatga uchradi
Grossmeyterimiz Javohir Sindorov nufuzli Freestyle Chess Grand Slam turnirining saralash bahslarida yarim finalga chiqqanini xabar qilgan edik.

Shaxmatchimiz yarim finalda xitoylik raqibi Yu Yang Yiga qarshi bahs olib bordi va gʻalaba qozonib, turnir finaliga chiqdi.
Javohir Sindarov nufuzli turnir finalida magʻlubiyatga uchradi
Afsuski, finalda qizgʻin kechgan bahsda Vladimir Fedoseyevga imkoniyatni boy berib, turnirning asosiy bosqichiga yoʻl ololmadi.

Eslatib oʻtamiz, turnir 7-14 fevral kunlari Germaniyaning Vayssenxaus shahrida boʻlib oʻtadi.

Ishtirokchilarning toʻliq roʻyxati:
Magnus Karlsen, Vladimir Fedoseyev, Alirizo Firuzja, Gukesh Dommaraju, Vishvanatan Anand, Levon Aronyan, Vintsent Keymer, Fabiano Karuana, Nodirbek Abdusattorov, Hikaru Nakamura.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.